Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Hujjatlar RSS

“Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”

05.03.2010 20:07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

Respublikada iste’dodli yoshlarning ijtimoiy faolligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, milliy istiqlol g‘oyalari va madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni hayotga tatbiq etishdagi ibratli faoliyatini rag‘batlantirish, barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, a’lo xulqi, zukkoligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, tashabbuskorligi bilan noyob iste’dodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, san’at, fan va ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin (ro‘yxat ilova qilinadi).

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari F.Akbarova zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2010 yil 3 mart

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 3 martdagi PQ-1294 -son qaroriga ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

Sapekeyeva Aynura Polat qizi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi

Mamatova Shirin Mamajonovna – Andijon san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi

G‘ulomova Husniyabonu Erkinovna – Buxoro shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi

Abdurahmonova Iroda Xayrullayevna – Jizzax davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Almanova Aziza Shavkat qizi – Qarshi davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyning 3-bosqich o‘quvchisi

Jonuzoqova Chaman Murodillo qizi – Respublika musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati)

Jaylobova Osiyo Yorqinboy qizi – 1-Toshkent pedagogika kollejining 2-bosqich o‘quvchisi (Namangan viloyati)

Sanaqulova Munisa Orifovna – Samarqand iqtisodiyot kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Qurbonboyeva Sarvinoz Karimberdi qizi – Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Volodina Veronika Vladimirovna – Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi

O‘sarova Maftuna Faxritdinovna – Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Davlatova Shahnozaxon Akmaljonovna – Farg‘ona shahar san’at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

O‘zbekova Go‘zal Murat qizi – Urganch davlat universiteti qoshidagi 4-akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi

Dadamuhamedova Nodira Akmal qizi – V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 8-sinf o‘quvchisi

So‘nggi yangiliklar:

Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar

Ob-havo ma’lumoti

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

Inson manfaatlari doim ustuvor

Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

Reklama