Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Hujjatlar RSS

“O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisini chaqirish to'g’risida”

23.01.2010 01:01

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Qarori.

O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida”gi Konstitusiyaviy qonuni, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi 2010 yil 25-26 yanvar kunlari Toshkent shahrida chaqirilsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati birinchi majlisining kun tartibiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va uning o’rinbosarlarini saylash, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo’mitalarini shakllantirish va ularning raislarini saylash bilan bog’liq tashkiliy masalalarni kiritish taklif etilsin.

3. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasi raisi
M.Abdusalomov

Toshkent shahri,
2010 yil 22 yanvar

So‘nggi yangiliklar:

Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar

Ob-havo ma’lumoti

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

Inson manfaatlari doim ustuvor

Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

Reklama