O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan dastur (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi):

maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari 2, 3-ilovalarga muvofiq;

2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;

maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;

zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish;

2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash.

3. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan dasturning bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika komissiyasi (A.N.Aripov) Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul bo‘lgan vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishi hamda asosiy parametrlarga erishilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirsin.

Respublika komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatiga tasdiqlangan asosiy parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

4. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek o‘yin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini o‘rash maqsadlari uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi);

maktabgacha ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining mablag‘lari;

maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash uchun – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yildan boshlab Jamg‘arma parametrlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining xarajatlar smetasida Dasturni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larning ta’lim sohasiga har yilgi ajratiladigan byudjet mablag‘lari doirasida alohida satr bilan ajratilishini nazarda tutsin.

5. Belgilansinki:

maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish namunaviy loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi;

maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi;

maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash, mol-mulkidan samarali foydalanish hamda malakali kadrlar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasi asosida “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yangidan qurilishi belgilangan quvvati 70 va 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy loyihasini ishlab chiqsin;

Dastur doirasida maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin;

buyurtmachilar bilan pudratchilar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, jumladan tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlariga qo‘yiladigan talablarga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq, tasdiqlangan maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari samarali va sifatli bajarilishini ta’minlash;

har yili O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasi va qurilishning manzilli ro‘yxatini shakllantirishda yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda ularni zaruriy jihoz va inventarlar bilan ta’minlashning moliyalashtirish hajmini aniqlagan holda, maktabgacha ta’lim muassasalarining aniq soni va ro‘yxatini belgilash choralarini ko‘rsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga quyidagilarni amalga oshirishda shaxsiy mas’uliyat yuklatilsin:

maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash manzilli ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini o‘z vaqtida o‘tkazish;

maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-montaj ishlarining bajarilishi va foydalanishga topshirilishida tasdiqlangan namunaviy loyiha, shaharsozlik normalari va qoidalariga qat’iy rioya qilish.

9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti                                                                        Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2016-yil 29-dekabr

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga

ShARH 

Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi.

Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.

Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda.

Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida quyidagi keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish;

maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;

2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi:

yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga;

bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etishga;

3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga;

qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirishga;

bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobar oshirishga.

Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi.

Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida respublikamizning uzluksiz ta’lim tizimini yanada isloh qilish borasidagi rivojlanish yo‘lining uzviy va bosqichma-bosqichligini ta’minlaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida