O‘zA O`zbek

29.02.2020 Chop etish versiyasi

Zulfiya – matonatli shoira, sadoqat qahkashoni

Zulfiya – matonatli shoira, sadoqat qahkashoni

Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova bahorning ilk kunida tugʻilgan. Bu yil shoira tavalludining 105-yilligi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi Toshkent shahridagi 77-sonli ixtisoslashtirilgan koʻzi ojizlar maktab-internatida ”Oʻzbekning matonatli shoirasi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etdi.

Zulfiyaning oʻzi oʻqigan sheʼrlari qoʻyib eshittirildi, ibratli hayoti haqida hikoya qilindi. Maktab-internatning iqtidorli qizlari shoira ijodidan namunalar oʻqidi, sheʼrlari bilan aytilgan qoʻshiqlar kuylandi.

Tadbirda Zulfiyaning brayl yozuvida chop etilgan “Shalola” sheʼrlar toʻplami taqdimoti ham oʻtkazildi.

Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi bosmaxonasida chop etilgan bu kitobni barcha ixtisoslashtirilgan koʻzi ojizlar maktab-internatlariga tuhfa qilish rejalashtirilgan.

4 312
Dilobar Mamatova, OʻzA