Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.05.2017 21:26 Chop etish versiyasi

Yuksak ma’naviyatli avlod – yurt kelajagi

Yuksak ma’naviyatli avlod – yurt kelajagi Navoiyda “Yuksak ma’naviyatli avlod” respublika yoshlar festivalining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan festivalda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari “Prezident asarlari bilimdoni”, “Badiiy ijod”, “Eng iste’dodli hunarmand”, “O‘z asarida milliylikni aks ettirgan rassom”, “O‘z asarida milliylikni ifodalagan dizayner”, “Vatan kuychisi” kabi 8 nominatsiya bo‘yicha turli yosh guruhlarida g‘oliblik uchun bahslashdi.

Davlatimiz rahbari rahnamoligida yoshlarning intellektual salohiyatli kadrlar bo‘lib ulg‘ayishi, yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida kamol topishi, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Birinchi Prezidentimizning 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Festivalda yoshlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini nechog‘li teran anglashi, dunyoqarashi sinovdan o‘tkazildi. Tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada milliy hunarmandchiligimiz namunalari namoyish etildi.

– Bugungi murakkab davrda atrofimizda ro‘y berayotgan har qanday voqelikni teran va ongli ravishda tahlil qilish biz, yoshlardan doimiy hushyorlik va ma’naviy barkamollikni talab etmoqda, – deydi “Badiiy ijod” nominatsiyasi g‘olibi, Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi D.Mamatova. – Festivalda bilim va tajribamizni yana bir bor imtihon qildik. Tengdoshlarimiz bilan fikr almashdik. Ijodiy kamolotimizga qanot bag‘ishlagan festival biz, yoshlarni yanada faollikka chorladi.

G‘oliblar festivalning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA
3 033






Все о погоде - Pogoda.uz