Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

27.10.2017 19:05 Chop etish versiyasi

Yoshlar tarbiyasida milliy kinolarimizning roli qanday?

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “O‘zbek milliy kinosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzuida kinoijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti prorektori D.Baratov va boshqalar mamlakatimizda milliy kinematografiyani rivojlantirish, uning xalqimiz hayotidagi, ayniqsa, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni hamda ta’sirini kuchaytirish, filmlarimizning g‘oyaviy-badiiy saviyasini yuksaltirish, ekranda zamonamiz qahramonlarini aks ettirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani va bu borada keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda milliy kinematografiyaning o‘ziga xos maktab va yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasida milliy qadriyat va an’analarimizni, xalqimizning bag‘rikenglik, mehr-oqibatlilik singari fazilatlarini keng targ‘ib etadigan, navqiron avlodni zararli oqim va g‘oyalar ta’siridan asrashga xizmat qiladigan kinoasarlar ko‘paymoqda.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
7 775