O‘zA O`zbek

18.04.2019 Chop etish versiyasi

Yoshlar ma’naviyatini oshirish – zamon talabi

Yoshlar ma’naviyatini oshirish – zamon talabi

Prezident tashabbuslarini hayotga tadbiq etilishda Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli Yangiyo‘l tumani va shahri maktablarida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus, uni amalga oshirish mexanizmlari, bunda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar atroflicha muhokama qilingan edi. 

Yuqorida qayd etilgan tashabbuslar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Mazkur tashabbuslarning hayotga tadbiq etilishi yuzasidan Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli Yangiyo‘l tumani va shahri maktablarida qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, tuman va shahardagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atga keng jalb etish maqsadida maktablarda xor guruhi, tasviriy san’at, havaskorlik teatr jamolari tashkil etilmoqda.

Bu borada tuman va shahar maktablarida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, tumandagi 44-umumta’lim maktabida Umida Usmonova va shahardagi 2-maktabda Dilrabo Jusonova boshchiligida musiqa to‘garaklari yosh avlodga muntazam kuy va qo‘shiqlarni o‘rgatib kelmoqda.

photo5312357611934427676.jpg

Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazish yanada kuchaytirildi. Sportning ommaviyligini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida sportning futbol, voleybol, qo‘l to‘pi, basketbol, yengil atletika va boshqa turlari bo‘yicha to‘garaklar soni ko‘paymoqda.

Kompyuter yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv guruhlari ochildi. Kompyuter savodxonligidan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Ta’lim muassasalarida kompyuterlarni internet tarmog‘iga ulash ishlari davom ettirilmoqda.

O‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida har bir sinf xonalarida kutubxonalar tashkil etildi. O‘quvchilar o‘rtasida o‘zi o‘qib chiqqan kitoblar bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etilib, fikrlar almashilmoqda.

Yangiyo‘l tumani va shahrida boshlangan va o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish tadbirlari kelgusida voyaga yetmagan yosh avlod kamolatida o‘z ijobiy natijalarini berishi shubxasizdir.

1 400
O‘zA