Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.11.2010 20:16 Chop etish versiyasi

Yosh rassom ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida toshkentlik rassom Inna Sandlerning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Bu yerda uning rangtasvir va grafika yo‘nalishidagi asarlari namoyish etilmoqda. Ushbu asarlarning ko‘pchiligi portretlardan iborat bo‘lib, ularda yosh rassom insonning ichki olamini ifodalashga harakat qilgan.

Inna Respublika rassomlik kollejining dizaynerlik bo‘limini tamomlagan. O‘zining ajoyib an’analariga ega ushbu kollej mamlakatimizdagi mashhur o‘quv maskanlaridandir.

Hozir Inna Sandler kitob grafikasi sohasida samarali ish olib bormoqda, u bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan ko‘plab kitoblarni badiiy bezagan. Inna musiqani nozik his etadi. Bu Innaning O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adiba Sharipovaning “O‘zgarish” kitobiga ishlagan bezaklarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Yosh rassom Anna Rtveladzening “Tungi ertak” she’riy to‘plamini, fransuz yozuvchisi Le Klezeo va amerikalik yozuvchi Syuzen Lining hikoyalar kitobini ham bezagan. U mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.

– Mamlakatimizda yosh yigit-qizlarni barkamol etib tarbiyalash, yosh iste’dod sohiblarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, – deydi Inna Sandler. – Bu davlatimiz rahbarining navqiron avlodga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi samarasidir. Prezidentimizning biz, yoshlarga bildirayotgan bunday yuksak ishonchini oqlash har birimizning burchimiz hisoblanadi.

Yosh mo‘yqalam ustasining ijodiy rejalari katta va ularning ro‘yobga chiqishiga ishonamiz. Zero, mamlakatimizda iqtidorli yoshlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.


O‘zA, Rustam Shagayev, muallif olgan surat
6 724






Все о погоде - Pogoda.uz