Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.02.2018 19:30 Chop etish versiyasi

Yosh fotoijodkorlar ko‘rgazmasi

Yosh fotoijodkorlar ko‘rgazmasi Toshkent Fotosuratlar uyida ijodiy fotosan’at maktab-studiyasi bitiruvchilarining hisobot fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

2018-yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yiliga bag‘ishlangan mazkur ko‘rgazma ekspozitsiyasidan o‘rin olgan asarlarda fotomusavvirlarning boy xayolot olami aks ettirilgan.

13.JPG

2006-yil oktabr oyida tashkil etilgan maktab-studiya fotografiya san’atidan saboq berish bo‘yicha yetakchi maskanlardan biridir. Bu yerda yoshlarga Iskandar Sodiqov, Mixail Levkovich, Ramil Sulaymanov kabi fotoustalar kasb sir-asrorlaridan saboq berib kelmoqda.

4.JPG

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Toshkent Fotosuratlar uyi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada maktab-studiyada tahsil olgan fotograflar guruhining 100 dan ziyod fotoasari namoyish etilmoqda.

22.JPG

Tomoshabinlar hukmiga havola etilgan fotosuratlarda tabiat va ekologiya, inson va borliq mavzulari natyurmort, manzara, portret, animalistika janrlarida o‘z ifodasini topgan. Guruh ishtirokchilari Azizbek Normatov, Svetlana Svejevskaya, Mixail Dovlatov, Ruslan Allaberganov, Yevgeniya Kim, Nigina Qoriyeva, Yelena Haitova, Saidakmal Ikromov, Andrey Soy, Margarita Konstantinova turli mavzu va janrlarda fikr-mulohazalarini tomoshabinlarga yetkazishga harakat qilgan.

Nazokat Usmonova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
7 171