Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.02.2017 11:42 Chop etish versiyasi

Yaxshi surat – yurt ko‘rkidan darak

Yaxshi surat – yurt ko‘rkidan darak Toshkent Fotosuratlar uyida Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotosho‘basi a’zolarining hisobot ko‘rgazmasi ochildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar mamlakatimizda ijod ahliga yaratilgan keng imkoniyatlar fotografiya san’atining rivojlanishiga, xususan, shu yo‘nalishda mehnat qilayotgan ijodkorlarning ulkan yutuqlarga erishishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Ayniqsa, bunday e’tibor O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotosho‘basi faoliyatida yaxshi samara berayotir.

2005-yilda tashkil etilgan ushbu fotosho‘ba o‘ttizdan ortiq eng mohir va iste’dodli ijodkorni birlashtirgan. Yurtimiz jamoli va tabiatini, istiqlol yillarida erishilgan yutuqlarni suratga olib, xalqimiz va muxlislarga taqdim etayotgan jamoaning mehnati tahsinga loyiq.

Ko‘rgazmada A.Jumayev, R.Shagayev, Ye.Volodina, V.Goncharenko, R.Sharipov, V.Jirnov, K.Minaychenko, V.Sokolov, V.Shlosberg, V.Levkovich, S.Dehqonov, R.Islomov, G‘.Shukurov va boshqa mualliflarning ikki yuzga yaqin ishi namoyish etilmoqda.

Nasiba Ziyodullayeva, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
1 413






Все о погоде - Pogoda.uz