O‘zA O`zbek

11.09.2019 Chop etish versiyasi

Yangi mavsum "Uylanish" bilan boshlandi

Yangi mavsum "Uylanish" bilan boshlandi

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston davlat satira teatri jamoasining navbatdagi 33-ijodiy mavsumi rus adibi Nikolay Gogolning "Uylanish" asari asosidagi spektakl bilan boshlandi. 

Jahon mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi Nikolay Gogolning asarlarini sahnada talqin etish har bir teatr jamoasi repertuarini bezashi, uning jozibadorligini ta’minlashi bilan birga ijodkorlardan katta mas’uliyat, yuksak ijro mahorati, bilim va tajribani talab etishi shubhasiz. 

Mazkur jamoada rejissyor Elmurod Yo‘lchiev Gogolning “Uylanish” komediyasini o‘ziga xos talqinda, zamon talabidan kelib chiqib, o‘zbekona ruhda sahnalashtirishga e’tibor qaratgani bilan ahamiyatlidir. Bu esa mutaxassislar va tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinishiga sabab bo‘ldi.

Yosh rejissyor asar bilan birgalikda, spektakl uchun xos aktyorlarni tanlashga, har bir qahramon uchun o‘ziga xos xarakterlar yaratishga ham alohida ahamiyat qaratgani diqqatga sazovor. Bu esa o‘zbek teatr sahnasiga yana bir yosh va zabardast rejissyor kirib kelayotganini anglatadi.

3 377
N.USMONOVA, O‘zA