O‘zA O`zbek

18.03.2020 Chop etish versiyasi

YANGI KITOB: “Tarixi madaniyat” – asr oshib kelayotgan mulohazalar

YANGI KITOB: “Tarixi madaniyat” – asr oshib kelayotgan mulohazalar

“Fan” nashriyoti maʼrifatparvar adib Isʼhoqxon Ibratning “Tarixi madaniyat” nomli kitobini chop etdi.

Kitobda XX asr 20-30 yillaridagi oʻzbek milliy madaniyatining konseptual masalalari yoritilgan. Madaniyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati, oʻzbek tilidagi turli nuqsonlar, milliy taʼlim tizimini amalga oshirish yoʻl-yoʻriqlari, moddiy va maʼnaviy madaniyatning turli muammolari ochib berilgan. Shu bilan birga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar va asosli maʼlumotlar aytilgan.

Risolani tarix fanlari nomzodi, dotsent Sherali Qoʻldoshev nashrga tayyorlagan. Tarix fanlari nomzodi Hamidulla Aminov muharrirlik qilgan.

3 762
OʻzA