Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.08.2017 19:19 Chop etish versiyasi

Yagona va muqaddas diyor madhi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida istiqlolimizning 26-yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika ko‘rik-tanlovining Madaniyat vazirligi tizimidagi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi R.Abdullayev va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2009-yilda ta’sis etilgan mazkur ko‘rik-tanlov yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, yurt taqdiri uchun daxldorlik, milliy an’ana va qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 27-iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq "Yagonasan, muqaddas Vatan!" ko‘rik-tanlovi "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" degan ezgu g‘oyani o‘zida ifoda etgani bilan ahamiyatlidir.

Mazkur ijodiy loyihaning Madaniyat vazirligi tizimidagi hududiy bosqichi iyun-iyul oylarida yuqori saviyada tashkil etildi. Dastlabki bosqichda 3 ming 436 yakkaxon ijrochi, 38 ashula va raqs ansambli o‘z ijod namunasini taqdim etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida qatnashgan xonandalar, musiqiy jamoalar tanlovning respublika saralash bosqichida o‘z dasturini namoyish etish imkonini qo‘lga kiritdi.

Ishtirokchilarning chiqishlari musiqa, she’r matni mazmuni, qatnashchilarning ijro mahorati, liboslari, sahna madaniyati kabi mezonlar asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. G‘oliblar qo‘shiqlar bayramining respublika final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 122






Все о погоде - Pogoda.uz