O‘zA O`zbek

12.09.2018 18:12 Chop etish versiyasi

Xiva raqs ixlosmandlarini chorlaydi!

Xiva raqs ixlosmandlarini chorlaydi!
Shu yilning 14-16-sentyabr kunlari Xiva shahrida Xalqaro “Raqs sehri” festivali oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi va Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu festival sanʼatga ixlosmand yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlarda katta qiziqish uygʻotmoqda.

Festival doirasida oʻzbek milliy raqs sanʼatini dunyo miqyosida targʻib etish, yoshlar oʻrtasida va xorij sanʼat ixlosmandlarida jozibador milliy raqsimizga boʻlgan qiziqishni oshirish kabi xayrli maqsadlar koʻzlangan.

Ushbu festival nafis sanʼatimizni jahon hamjamiyatiga yana bir karra namoyon etishi shubhasiz.

Festival tafsilotlarini saytimiz orqali kuzatib boring!

OʻzA
1 539