O‘zA O`zbek

12.07.2019 18:22 Chop etish versiyasi

Xalq cholgʻularining mohir ijrochilari

Xalq cholgʻularining mohir ijrochilari

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Madaniyat vazirligi tomonidan oʻtkazilgan xalq cholgʻulari ijrochilari respublika tanlovining gʻoliblarini taqdirlashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.Sayfullayev mamlakatimizda isteʼdod sohiblarini aniqlash, ular safini kengaytirish, har jihatdan qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Mazkur tanlov Prezidentimizning 2018-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Unda 94 nafar ijrochi yetti nominatsiya boʻyicha oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi.

OʻzA
599