O‘zA O`zbek

23.05.2019 10:31 Chop etish versiyasi

Usmonxon ALIMOV: “Jaholatga qarshi jaholat bilan yondashishlik oqibati yomon bo‘lishini barchamiz bilamiz” (video)

Usmonxon ALIMOV: “Jaholatga qarshi jaholat bilan yondashishlik oqibati yomon bo‘lishini barchamiz bilamiz” (video)

Vashingtondagi AQSh tinchlik institutida tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov so‘zladi. 

Navbahor IMAMOVA, O‘zA uchun maxsus
Vashington, AQSh

photo5418109177164835502.jpg

Kecha muftiy haziratlarini iftorga taklif qilgan AQSh tinchlik institutida bugun O‘zbekiston delegatsiyasi bilan davra suhbati kechdi. Muftiy o‘z nutqida e’tiborni diniy erkinlikni ta’minlash borasida qilinayotgan islohotlarga qaratdi. 

“Jaholatga jaholat emas, ma’rifat bilan javob berishimiz kerak”, degan gapi juda iliq qarshi olindi. Uni tinglagan ekspertlar, tahlilchi va faollar O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga, oshkoralik va adolat uchun sharoitni yaxshilab, e’tiqod bilan bog‘liq savol va tanqidlarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. 

O‘zbekiston rasmiylari ta’kidladiki, mamlakat bugungi yo‘lidan orqaga qaytmaydi. Muftiy bilan kelgan deputat Akmal Saidovning “Amerika ovozi”ga aytishicha, O‘zbekiston “alohida xavotirga molik davlatlar” qatorida bo‘lishni va bunday ro‘yxatlarga qayta tushishni aslo istamaydi. Respublika yaqingacha AQShning mana shunday tamg‘asi ostidagi mamlakat edi.

Saytimizni kuzatib boring, Akmal Saidovning “Amerika ovozi”ga bergan intervyusi bilan tanishasiz!


O‘zA
603