Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2017 17:24 Chop etish versiyasi

Ulug‘ shoir hamisha qalbimizda

O‘zbekison Qahramoni, xalqimizning e’zozli va aziz shoiri Erkin Vohidov o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandalaridan. Uning “Tong nafasi”, “Qo‘shiqlarim sizga”, “Yurak va aql”, “Mening yulduzim”, “Muhabbat”, “Tirik sayyoralar”, “Ruhlar isyoni” kabi asarlari har bir xonadon kitob javonidan joy olgan. Shoir ijodidagi o‘ziga xos tavsif va tasvir, o‘xshatish, tashbeh, tildagi jozibadorlik, haqiqiy o‘zbekona lutfning misralardagi ifodasi adabiyotshunoslar va she’riyat ixlosmandlarini maftun etib, ularni hamisha bahsu munozaralarga chorlayveradi.

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligini nishonlash to‘g‘risida” qarori ijrosi asosida shoir yubileyini mamlakatimizda keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish borasidagi sa’y-harakatlar xalqimizning atoqli ijodkoriga bo‘lgan samimiyat, e’zoz va ehtiromining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Toshkent davlat yuridik universitetida Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Ulug‘ shoir hamisha qalbimizda» deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir ana shunday ezgu ishlar davomidir.

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Ye.Kanyazov, adabiyotshunos olimlar Q.Yo‘ldoshev, I.Yoqubov va boshqalar Erkin Vohidovning ijodiy merosi yosh avlodni Vatanga muhabbat, boy tariximiz va ajdodlar yaratgan ulkan ma’naviy boylikka sadoqat ruhida tarbiyalashda ma’naviyatimiz chashmasi sifatida xizmat qilishini ta’kidladi. 

– Mazkur tadbirni tashkil qilishdan maqsad talabalarni Erkin Vohidov ijodi, she’riyat olami bilan yanada yaqin tanishtirishdir, – deydi Toshkent davlat yuridik universitetining ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Sherzod Po‘latov – Atoqli shoirimiz yaratgan badiiy meros xalqimiz va yoshlar qalbida mangu yashayveradi.

Tadbirda Erkin Vohidov she’rlaridan namunalar o‘qildi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
554






Все о погоде - Pogoda.uz