O‘zA O`zbek

10.10.2018 Chop etish versiyasi

Ulugʻ adib asarlari teatr sahnasida

Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston yosh tomoshabinlar teatrida adibning “Asrga tatigulik kun”, “Chingizxonning oq buluti” nomli asarlari asosida “Iskanja” spektakli sahnalashtirildi.

Sahna asarida mehr-oqibat, odamlar oʻrtasidagi munosabat, yaxshilikning yovuzlik ustidan gʻalaba qilishi mahorat bilan ochib berilgan.

Taniqli rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Abdurahmon Abdunazarov tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektakl muallifi yozuvchi va tarjimon Alpisbay Sultonovdir.

Muallifning taʼkidlashicha, asar bundan 10 yil avval, yaʼni 2008-yilda Qirgʻizistonda eʼlon qilingan “Chingiz Aytmatov yili”da yozilgan. Mana, oradan 10 yil oʻtib bu asar namoyish etilmoqda.

Ayni paytda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqiy teatrida rejissyor Muxtar Reymov tomonidan sahnalashtirilayotgan Chingiz Aytmatovning yana bir asari “Sohil yoqalab chopayotgan Olapar” qissasi asosida “Luvr oʻrdak” spektakli premyerasiga tayyorgarlikkoʻrilmoqda.



3 834
Yesimxon Qanoatov, OʻzA