O‘zA O`zbek

30.09.2019 Chop etish versiyasi

Tursun Alidan yangi sheʼrlar

Tursun Alidan yangi sheʼrlar

“Yangi asr avlodi” nashriyotidan adabiyotshunoslar tomonidan oʻzbek nazmchiligida falsafiy sheʼrlar muallifi, deya taʼriflanadigan shoir Tursun Alining “Moviy bulutlar” nomli sheʼriy toʻplami chop etildi.

Kitob zamonaviy koʻrinishga ega boʻlib, undagi biri-biridan rang olgan falsafiy sheʼrlar insonni chuqur mulohazaga, fikrlashga chorlaydi. Bir muddat kishi xayolini oʻgʻirlab, uni yuksak ilohiy tuygʻular sari yetaklaydi.

Toʻplamdan shoirning “Poyezdda”, “Moskva”, “Oʻrmon”, “Ne tong seni sevib qoldim”, “Moviy bulutlar”, “Yomgʻir”, “Ilk muhabbatim”, “Pablo Nerudadan oʻtkir edi sheʼr”, “Tun kechmishlari”, “Yoʻl. Avto. Vaqt chopayotir” kabi teran nigoh bilan yozilgan sheʼrlarini oʻqishingiz mumkin.

572
OʻzA