O‘zA O`zbek

31.07.2020 Chop etish versiyasi

Toshkent shahrida zamonaviy kinoteatr qurilmoqda

Toshkent shahrida zamonaviy kinoteatr qurilmoqda

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi yangi “Riviera” nomli savdo-koʻngilochar markazining 3 qavatida 7 ta zaldan iborat yangi kinoteatrning qurilish ishlari olib borilmoqda.

Kinoteatr 3D formatda boʻlib, 1000 kishiga moʻljallangan. Bugungi kunning talabiga mos, zamonaviy koʻrinishda jihozlanayotgan kinoteatrda kinoshinavandalar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Inshoot Kanadaning “MB ARCHITECTS” kompaniyasi loyihasi asosida qurilmoqda.

Kinoteatr repertuarida oʻzbek va xorij filmlari hamda bolajonlar uchun multfilmlar joy olishi rejalashtirilgan. “Riviera” savdo-koʻngilochar markazi tarkibida qad rostlayotgan yangi kinoteatr zallari tashkilotchilarning maʼlumotlariga koʻra, xalqaro standartdagi Barco va Christie kinoproyektorlari hamda MAG va DOLBY tizimlari bilan jihozlanmoqda.

14 558
OʻzA