O‘zA O`zbek

09.10.2018 Chop etish versiyasi

Toshkent biyennalesi – ijodiy muloqotlar maydoni

Toshkent biyennalesi – ijodiy muloqotlar maydoni Poytaxtimizda VIII xalqaro Toshkent zamonaviy sanʼat biyennalesiga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalarmilliy sanʼat rivojiga koʻrsatilayotgan eʼtibor badiiy taʼlimni yanada takomillashtirish, yosh isteʼdodlarni kamol toptirish, ijodkorlarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish imkonini berayotganini taʼkidladi.

VIII xalqaro Toshkent zamonaviy sanʼat biyennalesi Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yiliga bagʻishlanadi. Shu bois mazkur xalqaro koʻrgazma “Sanʼat va texnologiya. Tasdiq yoki inkor” mavzusida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Xalqaro biyennaledan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimizda milliy tasviriy sanʼatni ravnaq toptirish, ijodkorlarning emin-erkin faoliyat koʻrsatishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, yosh isteʼdodlarni kashf etish borasidagi amaliy ishlar bilan xalqaro badiiy-ijodiy jamoatchilikni yaqindan tanishtirishdan iboratdir.

Mazkur biyennaleda oʻttizga yaqin davlatdan 160 nafardan ortiq rassom, sanʼat yoʻnalishidagi kuratorlar, sanʼatshunoslar qatnashishi koʻzda tutilgan. Biyennale doirasidagi tadbirlar Toshkent shahridagi koʻrgazma zallari va muzeylarda,galereyalarda, shuningdek, Buxoroda ham boʻlib oʻtadi.

19.JPG

20.JPG


3 950
Nazokat Usmonova, Temur Mamadaminov (surat), OʻzA