O‘zA O`zbek

11.09.2019 Chop etish versiyasi

Temuriylar davriga oid mis tanga topildi

Temuriylar davriga oid mis tanga topildi

O‘zFA Arxeologik tadqiqotlar institutining mutaxassislari Navoiy viloyatida yana bir tarixiy yodgorlik topdi. U qo‘riqlash minorasi qoldig‘i ekanligi aniqlandi. Shuningdek, temuriylar davriga oid mis tanga, XI-XIII asrlarga oid sirlangan va sirlanmagan sopol idish parchalari ham topildi.

QO‘RIQLASh MINORASI

Yodgorlik cho‘kindi geologik jinslardan tarkib topgan balandligi taxminan 80-100 metrlik tik qoya ustiga qurilgan. Joylanishi tarixiy-strategik jihatdan qulay, Nurota tog‘ tizmasini kesib o‘tadigan dovonning eng yuqori qismida joylashgan bo‘lib, o‘tish yo‘lini nazorat qiluvchi qo‘riqlash minorasi qoldig‘i ekanligi aniqlandi.

Ushbu joydagi arxeologik kuzatuvlar natijasida XI-XIII asrlarga oid sirlangan va sirlanmagan sopol idish parchalari, temirdan yasalgan yaproqsimon paykon uchi, 22x22x4 sm. o‘lchamdagi pishiq g‘isht bo‘laklari hamda temuriylar davriga oid mis tanga, 25-27x25-28x4-5 sm. o‘lchamdagi pishiq g‘isht qoldiqlari, sirlanmagan sopol idish parchalari topildi.

Qo‘shimcha tarzda temirga ishlov berish qoldiqlarining kuzatilishi shu atrofda temir ishlab chiqarish ustaxonalari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Kuzatuvlar jarayonida Makedoniyalik Iskandar (yunon davri) davriga oid topilmalar kuzatilmagan, deya xabar beradi O‘zFA.

5 972
O‘zA