O‘zA O`zbek

03.09.2019 Chop etish versiyasi

Teatrlarda yangi mavsum boshlandi

Teatrlarda yangi mavsum boshlandi

Istiqlol ayyomi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda mamlakatimiz teatr jamoalari oʻzining yangi ijodiy mavsumini ham boshlab yuborgani sanʼat muxlislari uchun oʻziga xos sovgʻa boʻlmoqda.

Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri oʻzining yangi ijodiy mavsumini teatrlashtirilgan konsert dasturi bilan boshladi. Teatr faoliyati toʻrt yoʻnalishga asoslanadi. Jahon musiqiy teatrlarining oltin fondiga taalluqli klassik asarlar, oʻzbek ijodkorlarining sahna asarlari, MDH davlatlari mualliflarining zamonaviy operetta yoʻnalishidagi asarlari, bolalarga bagʻishlangan spektakllar. Biroq yengil yumor, hazil-mutoyiba bilan asosiy illatlar, kamchiliklarga eʼtibor qaratish mazkur jamoa yoʻnalishi va ish uslubida ustuvor oʻrin egallaydi. Zero, ushbu yoʻnalishdagi spektakllar hamma vaqt tomoshabinlarda katta qiziqish uygʻotib kelgan.

Istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi yillarda yurtimizda teatrlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor ushbu ijodiy jamoa faoliyatida ham oʻz ifodasini topdi. Teatr zamonaviy sahna, texnik va boshqa jihozlar, ijodiy vositalar bilan taʼminlandi. Jamoa safiga isteʼdodli yoshlar tobora koʻproq kirib kelmoqda.

4 286
N.USMONOVA, OʻzA