O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

08.01.2019 19:59 Chop etish versiyasi

Teatr sahnasida “Qor malikasi”

Teatr sahnasida “Qor malikasi” Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri ijodkorlari qishki taʼtil kunlarida bolajonlarni mashhur ertakchi Xans Kristian Andersenning “Qor malikasi” musiqali ertagi bilan xushnud etmoqda.

Ertakdagi Kay va Gerda hikoyasi koʻpchilikka tanish boʻlib, uni turli davlatlarda turlicha talqin etishadi. Akademik katta teatr ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan asarda esa voqealar afsonaviy Laplandiya mamlakatida roʻy berib, unda Qorbobo va Qor malikasi oʻrtasidagi ezgulikka chorlovchi kurash tasvirlangan. Rejissyor Ruslan Sherezdanov hamda kompozitor Anvar Ergashev tomonidan tayyorlangan ertak turli sarguzashtlar bilan boyitilgan.

11.JPG

13.JPG

24.JPG

30.JPG


Oqil Gʻulomov (surat), OʻzA