O‘zA O`zbek

14.03.2019 Chop etish versiyasi

Tasvirlarda ayol timsoli

Tasvirlarda ayol timsoli

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi “Qalʼa yodgorlik majmuasi” tasviriy sanʼat galereyasida ochilgan koʻrgazma shunday nomlandi.

Viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan koʻrgazmaning ochilish marosimida yurtimizda ijod ahliga koʻrsatilayotgan eʼtibor, Oʻzbekistonda tasviriy sanʼat rivoji, bu borada erishilayotgan yutuqlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Koʻrgazmadan muzey fondida saqlanayotgan hamda viloyat taniqli musavvirlarining ayol, ona timsoli, ularning hayoti, faoliyati, ichki kechinmalari aks etgan tasviriy sanʼat asarlari joy olgan.

Oʻzbekiston xalq rassomi Abdulxaq Abdullayevning “Ona portreti”, “Anbar Otin”, “Uvaysiy”, taniqli musavvirlar Hikmat Rahmonning “Zulfiya”, Hasanboy Saidovning “Samar Bonu”, “Hanifa Solihova”, Ulugʻbek Boltaboyevning “Nodira” asarlari koʻpchilikda katta taassurot qoldirmoqda. Shuningdek, Joʻra Asran, Durdona Kaziyeva kabi moʻyqalam ustalarining oʻzbek ayoliga xos ibo-hayo, ichki goʻzallik, mehmondoʻstlik va saxiylik, orzularga toʻla begʻubor yoshlik timsollari aks etgan betakror asarlari tasviriy sanʼat ixlosmandlarida qiziqish uygʻotmoqda.

3 167
F.Ubaydullayev, OʻzA