Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.01.2018 09:27 Chop etish versiyasi

Tabiatning suratlardagi ifodasi

Tabiatning suratlardagi ifodasi Toshkent Fotosuratlar uyida Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotoshu’basi a’zolari va havaskor fotosuratchilar ko‘rgazmasi ochildi.

14.JPG

Mamlakatimizda fotografiya san’atining rivojlanishiga, xususan, shu yo‘nalishda mehnat qilayotgan ijodkorlarning ulkan yutuqlarga erishishiga keng yo‘l ochilgan. Bugungi namoyishni shunday imkoniyatlar mevasi, deyish mumkin. Ko‘rgazma ishtirokchilari yurt kezib, ona zaminimiz bog‘u rog‘lari, jamoli, go‘zal tabiatini suratga olib, tomoshabinlarga taqdim etayotgani tahsinga loyiqdir.

3.JPG

Ular orasida iste’dodli fotograf Zafar Ro‘ziqulov ham bor. Bu ijodkor uchun tabiatni suratga olish hayotining mazmuniga aylangan. Shu sabab bo‘lsa kerakki, uning "Hayot zavqi", "Quvonch", "Qumsash", "Qish ziynati", "Moziy hissiyoti", "Teran nigoh" kabi ishlari ko‘rgazma ishtirokchilariga manzur bo‘lmoqda.

19.JPG

Iskandar Sodiqzoda tajribali ijodkorlardan. Kasbi jurnalist. Fotografiyaga bo‘lgan qiziqishi uni shu sohada ijod qilishga undadi. U fotoijodkorlar to‘garagiga ko‘p yildan buyon rahbarlik qilib kelmoqda. I.Sodiqzoda ko‘rgazmada o‘zining falsafiy qarashlarini mujassam etgan "Sharpa", "Xotira", "Tong", "Tashlandiq", "Xavflilik" deb nomlangan suratlarini tomoshabinlarga havola etgan.

8.JPG

– Bugungi ko‘rgazma har tomonlama menga manzur bo‘ldi, – deydi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov. – Tadbirda oltmishdan ortiq tajribali va havaskor fotografning ishtirok etishi ham e’tiborli. Ijodiy taqqoslashda, bir-biridan o‘rganishda bu juda qo‘l keladi. Mavzu doirasi keng va rang-barang. Ularni haqiqiy san’at asarlari deyish mumkin.

Nasiba Ziyodullayeva, A’lo Abdullayev (surat), O‘zA
8 491