Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 18:42 Chop etish versiyasi

Suratga muhrlangan mangu lahzalar

Suratga muhrlangan mangu lahzalar O‘zbekiston xalq yozuvchi Abdulla Qahhor «Sarob», «Qo‘shchinor chiroqlari» romanlari, «Sinchalak», «O‘tmishdan ertaklar» qissalari, «O‘g‘ri», «Dahshat», «Asror bobo», «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar» kabi hikoyalari bilan xalqimiz mehrini qozongan sevimli adibdir.

Yozuvchining «Shohi so‘zana», «Og‘riq tishlar», «Tobutdan tovush», «Ayajonlarim» komediyalari o‘zbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgan. Abdulla Qahhor nafaqat ijodkor, balki usta tarjimon sifatida A.Pushkin, L.Tolstoy, N.Gogol, A.Chexov asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan.

Suratga muhrlangan mangu lahzalar

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida ochilgan "Suratga muhrlangan mangu lahzalar" fotoko‘rgazmasida Abdulla Qahhor hayoti va ijodi, asarlari va yozuvchi bilan bog‘liq xotiralar yodga olindi.

Jamoatchilik vakillari, adabiyot va san’at ahli, talabalar va o‘quvchilar jam bo‘lgan ko‘rgazma ochilishida Abdulla Qahhor ijodi, asarlari xalqimiz va yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirib, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va komil farzandlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim badiiy manba ekani ta’kidlandi.

Abdulla Qahhor ijodiy safarlarda bo‘lib, qishloq va shaharlar bilan tanishadi, qahramonlari bilan uchrashadi. Yozuvchi safarga chiqar ekan, albatta, o‘zi bilan fotoapparat olgan. Bugungi kunda Abdulla Qahhor uy-muzeyida saqlanayotgan suratlarning yarmi adib mehnatining mahsulidir.

Fotoko‘rgazmada Abdulla Qahhor uy-muzeyida saqlanayotgan yuzdan ortiq surat namoyish etilayotir.

Nasiba Ziyodullayeva, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
2 840






Все о погоде - Pogoda.uz