Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 15:48 Chop etish versiyasi

So‘z, ohang va tasvir hayrati

So‘z, ohang va tasvir hayrati Odatda, yaxshi she’r, ashula va tasvir ko‘nglimizga juda yaqin tuyuladi. Ularda o‘zimizni ko‘rib, qayta-qayta o‘qigimiz, eshitgimiz va mushohada qilgimiz keladi. Chunki bundan biz taskin olib, maqsad va orzular sari intilaveramiz...

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» shiori ostida o‘tkazilgan "So‘z, ohang va tasvir" deb nomlangan ijodiy kecha ham ana shu kabi istak va xohishlarimizga qanot bag‘ishladi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi R.Abdullayev va boshqalar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 31-maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ijod ahlini, xususan, yosh ijodkorlarni faol mehnat qilishga undab, yangi ijod mahsullarini yaratishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

4.JPG

– Bugun ijodiy kechada shoirlarimiz she’rlari, bastakor va ijrochilar kuy-ohangi va rassomlarning tasvirlar talqiniga oshno bo‘ldik, – deydi taniqli bastakor Oydin Abdullayeva. – She’riy misralarda so‘z jozibasidan, ijroda ohang jilosidan va chizmada ranglar to‘lqinidan hayratlandik va bu uchlik ohanrabodek o‘ziga sehrlab qo‘ydi. Buni ilhomning kuchi va sehri degim keladi.

Ijodiy kechada S.Hakim, G‘.Majid kabi shoirlarimiz she’rlari, D.Omonullayeva, O.Abdullayeva singari bastakoru artistlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ko‘ngillarga orom baxsh etgan bo‘lsa, M.Nabiyev, N.Qo‘ziboyev, Q.Basharov, T.Mirjalilov kabi musavvirlar ishlarining namoyishi ishtirokchilarni falsafiy olamni anglashga undadi.

Nasiba Ziyodullayeva, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
1 932






Все о погоде - Pogoda.uz