Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.02.2017 19:19 Chop etish versiyasi

So‘z mulkining sultoni

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan davra suhbatida she’riyat mulkining sultoni qoldirgan ulkan merosni o‘rganish va tadqiq qilishning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga 1948-yili ulug‘ bobomiz nomi berilgan. Keng ommaga ilm yog‘dusini taratuvchi ushbu maskanning «Nodir nashrlar» bo‘limida Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalari saqlanmoqda. Bu yerda kitobxonlar uchun Navoiy asarlarining elektron varianti ham yaratilgan.

Tadbir doirasida she’riyat kechasi, Navoiy ijodiga oid film namoyishi va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

– Alisher Navoiy tavalludi kuni barcha soha kishilari uchun bayramdir, – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti ofitseri Azizbek Asadov. – Bugungi tadbirga kursantlarimiz bilan taklif etilganimizdan juda xursandmiz. Shoir hayoti va ijodi haqidagi bilimimizni yanada boyitdik.

Shoir g‘azallari bilan aytiluvchi qo‘shiqlar tadbirga yanada fayz kiritdi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
1 981






Все о погоде - Pogoda.uz