Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 12:09 Chop etish versiyasi

So‘z mulki sultonlari

Poytaxtimizdagi barcha madaniy-ma’rifiy maskanlarda jahon she’riyatida o‘chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi sanalariga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti muzeyida ma’naviyatimizning buyuk namoyandalari qoldirgan ulkan merosni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida madaniy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

Respublika rassomlik kolleji o‘quvchilari qatnashgan kechada taniqli adabiyotshunos, sharqshunos olimlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi. «Buyuk Boburiylar tarixi», “Janubiy, Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyo xalqlari qadimgi tarixi, diniy e’tiqodi, madaniyati” kabi nomlardagi ilmiy asarlar muallifi, filologiya fanlari doktori N.Nizomiddinov taqdim etgan Boburiylar sulolasining ijtimoiy-siyosiy hayoti, diniy-ma’rifiy qadriyatlari, adabiyoti haqidagi yangi ma’lumotlar kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Boy ma’naviy merosi bilan tariximizda yorqin iz qoldirgan ajdodlarimizning hayoti, ijodiy faoliyatini ilmiy jihatdan yoritishda mustaqillik yillarida yangi davr boshlandi, – deydi filologiya fanlari nomzodi Yu.Tursunov. – Bugun Navoiy, Boburni o‘rganaman degan har bir tadqiqotchida ulkan sharoit, keng imkoniyat bor. Quvonarlisi, yoshlar safida ana shunday buyuk siymolar qoldirib ketgan merosni har tomonlama chuqur o‘rganish, tadqiq etishga salohiyatli yigit-qizlar ko‘paymoqda.

Kechada O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy ijrosida Navoiy, Bobur g‘azallariga bitilgan ashulalar yangradi.

Malohat Husanova, O‘zA
653






Все о погоде - Pogoda.uz