O‘zA O`zbek

20.03.2020 Chop etish versiyasi

Shovotda xalqaro fizika va matematika maktab-internati ochiladi

Shovotda xalqaro fizika va matematika maktab-internati ochiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida Xorazm viloyatining Shovot tumanida Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatini tashkil etiladigan boʻldi.

Mazkur taʼlim muassasasi hududdagi ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati negizida faoliyat boshlaydi.

Buning uchun maktab binosi rekonstruksiya qilinib, kapital taʼmirlanadi va qayta jihozlanadi. Shuningdek, bu yerda 20 oʻrinli turarjoy binosi quriladi.

Qarorda belgilanishicha, xalqaro maktabda tabiiy fanlar hamda chet tillari chuqur oʻqitiladi. Dars mashgʻulotlarini oʻtish uchun yuqori kasb mahoratiga ega mahalliy va xorijiy pedagoglar jalb qilinadi.

Hujjatda 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab xalqaro maktabning 7-sinfiga 60 nafar oʻquvchi qabul qilinishi koʻzda tutilgan. Qolaversa, bu yerda xorijiy mamlakatlar fuqarolari hisoblangan, tegishli fanlarni oʻzlashtirishga ishtiyoqi boʻlgan iqtidorli oʻquvchilarning shartnoma asosida taʼlim olishi uchun ham imkoniyat yaratiladi.

4 308
OʻzA