Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.02.2017 16:25 Chop etish versiyasi

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida "Nazm va navo" kechasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida "Nazm va navo" kechasi bo‘lib o‘tdi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534-yilligiga bag‘ishlangan "Nazm va navo" kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar taklif etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari S.Saidov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma’sudov va boshqalar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda milliy adabiyotimiz rivojiga, ijodkor ziyolilarga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yoshlarning yaxshi kitobga bo‘lgan ishtiyoqi va qiziqishini tobora kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar xalqimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Bobur ijodi betakrorligi, xalqchilligi bilan adabiyot muxlislarinig mehrini qozongan. Bobur Alisher Navoiy ijodini chuqur ixlos bilan o‘rgangan, g‘azallarini yod olgan. Uning yaxshilik, odamiylik, odob-axloqqa oid g‘azallari Alisher Navoiy ijodidan ruhlanib, ta’sirlanib yaratilgani ilmiy tadqiqotchilar va adabiyot ixlosmandlariga yaxshi ma’lum.

Yurtimizda "Boburnoma"ni katta qiziqish bilan o‘qimagan kitobxon topilmasa kerak. Bu asar buyuk bobomizning hayoti, ichki kechinmalari, faoliyati haqida bebaho ma’lumotlar berishi bilan birga tarix, geografiya va boshqa qator fanlar bo‘yicha ham qiziqarli manbadir. Ko‘plab ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan va 15-16 asrlardagi o‘zbek klassik adabiyoti va adabiy tilining yorqin namunasi bo‘lgan bu asar mazmunining rang-barangligi, til va uslubining go‘zalligi bilan g‘oyat qimmatlidir.

Bobur nomidagi xalqaro ekspeditsiya tomonidan ulug‘ mutafakkir bobolarimiz mangu qo‘nim topgan maskanlarni obod etish, ularning mukammal asarlarini nashr qilish, mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

– Bobur ijodi g‘oyat teran, go‘zalligi bilan kitobxonlar mehrini qozongan, – deydi O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova. – Shoirning dilbar g‘azallari Vatanni aziz va mo‘tabar bilish, tinch va osuda kunlarning, baxtiyor hayotning, yaxshilikning qadriga yetishga o‘rgatadi.

Kechada Bobur g‘azallari bilan aytiluvchi qo‘shiqlar ijro etildi. Shoir ijodidan namunalar o‘qildi.

Nazokat Usmonova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
760






Все о погоде - Pogoda.uz