Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.10.2017 11:08 Chop etish versiyasi

«Sharqdan taralgan nur» badiiy-hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli Kino saroyida buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan «Sharqdan taralgan nur» badiiy-hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekkino" milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov va boshqalar mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ustuvor vazifalari barcha sohalar qatorida o‘zbek milliy kinematografiyasi faoliyatini ham takomillashtirish, soha rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab etayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7-avgustdagi «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

«O‘zbekkino» milliy agentligi belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tarixiy, zamonaviy va harbiy-vatanparvarlik mavzuidagi filmlar yaratishni rejalashtirgan. Unga ko‘ra, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Mo‘in Nasafiy, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz haqida tarixiy filmlar yaratiladi.

Rejissyor Shuhrat Mahmudov tomonidan suratga olingan «Sharqdan taralgan nur» filmi bu boradagi ilk qadamlardandir. Mazkur kino asari tibbiyot ilmining yirik namoyandasi Abu Ali Ibn Sino hayoti va ijodiga bag‘ishlangan.

Filmga qomusiy olim sifatida jahonga mashhur Ibn Sinoning buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy bilan tanishuvi asos qilib olingan. Kinolavhalar mamlakatimizda, shuningdek, Eron, Fransiya va Rossiyada tasvirga olingan. Ibn Sino rolini iste’dodli yosh aktyorlar Hasan va Husan Solihovlar ijro etgan.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 3-avgustda O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida o‘zbek kinematografiyasi oldida turgan asosiy vazifalarga ham atroflicha to‘xtalib, buyuk ajdodlarimiz haqida har tomonlama yetuk filmlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi, – deydi film rejissyori Sh.Mahmudov. – Davlatimiz rahbarining kino san’ati va tarixiy filmlar yaratish to‘g‘risidagi fikrlari bizga turtki bo‘lib, buyuk alloma haqida film yaratishga jazm etdik. Filmni suratga olish jarayonida tarixiy faktlarga, xususan, Ibn Sinoning o‘zi haqida yozgan, keyinchalik shogirdlari tomonidan boyitilgan manbalarga asoslandik. Filmning har jihatdan pishiq-puxta yaratilishida ssenariy muallifi Roziqa Merganboyeva, postanovkachi operator Hamidulla Hasanov va bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy bilan hamfikrlikda ishladik.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
3 588






Все о погоде - Pogoda.uz