O‘zA O`zbek

16.07.2019 Chop etish versiyasi

SARATON

SARATON

IJOD SAHNI

“Buncha jazirama, 
Buncha kun qaynoq –
Boshimdan poyimga quyilmoqda ter.
Gulxan tegrasida qolgan muzqaymoq
Singari suv boʻlib eriyapti Yer…“

Nolima.

Xudoga yoqmas bu soʻzing –
Isyon, noshukurlik singan kalom bu.
Samodan iltifot tilovding oʻzing,
Haqdan alangali, issiq salom bu!

Mehrga tashna qalb boʻlgaymi lohas,
Dilni bezdirgaymi muhabbat tafti?!
Salqin burchaklarga chekinmagil, bas,
Qizgʻin manzillardan taklif kelyapti.

Mayli, yonaversin kunlar tobora,
Toblangan tandirday lovullasin yoz:
Toʻnglagan tomirlar yumshasa zora,
Muzlagan yuraklar erisa oz-moz…

6 406
OʻzA