O‘zA O`zbek

11.09.2019 Chop etish versiyasi

“SAODAT” seriali xalqaro mukofotga munosib topildi

“SAODAT” seriali xalqaro mukofotga munosib topildi

"O‘zbektelefilm" DUK seriallari Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilgan "Slavyan ertagi" Yevroosiyo kinotelefestivalida bir necha mukofotga sazovor bo‘ldi.

Ushbu kinofestivalga turli davlatlardan 180 dan ortiq film va seriallar taqdim etilgan. Ahamiyatlisi, festivalda rejissiyor Muzaffarxon Erkinov tomonidan suratga olingan "Saodat" teleseriali uchun bir nechta mukofot bilan taqdirlandi.

Jumladan, teleseriallar ichida "Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun" nominatsiyasida "Saodat" teleseriali rejissiyori M. Erkinov Gran-priga sazovor bo‘ldi. "Eng yaxshi ssenariy muallifi" nominatsiyasida Muqaddas Usmonova, "Eng yaxshi operatorlik ishi" nominatsiyasida Ravshan Mirzakamolov va "O‘gay ona" teleseriali uchun rejisyor Xurshid Hasanovga maxsus sovrin topshirildi. 

5 789
O‘zA