O‘zA O`zbek

04.04.2019 Chop etish versiyasi

Samarqandliklar Xalqaro festivalga qanday hozirlik ko‘rmoqda?

Samarqandliklar Xalqaro festivalga qanday hozirlik ko‘rmoqda?

Ertaga Termiz shahrida boshlanadigan Xalqaro baxshichilik festivalining ochilishiga Samarqand viloyati vakillari ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Tashkilotchilar tomonidan har bir viloyat jamoasiga maxsus maydonlar ajratilgan. Ular ushbu maydonga o‘z sahnalarini o‘rnatishgan hamda qo‘li gul usta-hunarmandlar tomonidan yaratilgan buyumlarini namoyish etilmoqda.

Samarqandliklar ham o‘zlari uchun ajratilgan maydonda kichik Samarqandni bunyod etishgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Samarqand viloyat musiqali teatri jamoasi esa ulug‘ bobokalonimiz Amir Temurning xorijlik elchilarga baxshichilik san’atini ko‘rsatish sahnasini tayyorlab, tomoshabinlarga namoyish etmoqda.

photo5271661723063003992.jpg

photo5271661723063003994.jpg

photo5271661723063003995.jpg

photo5271661723063003996.jpg

photo5273784364620163783.jpg


1 315
O‘zA