Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.02.2017 19:49 Chop etish versiyasi

“Samarqand sayqali” sahnada

Samarqand viloyati musiqali drama teatrida O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Samarqand sayqali” asari asosida shu nomdagi tarixiy drama sahnalashtirildi.

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 576-yilligi arafasida tomoshabinlar hukmiga havola etilgan sahna asarida ulug‘ shoirning Samarqandda kechgan yillari, bu yerda olgan tahsillari haqida hikoya qilinadi.

– Ushbu asarni sahnalashtirish oson emasligini his qilgandik, – deydi sahnalashtiruvchi rejissyor J.Ro‘zmetov. – Chunki Alisher Navoiy haqida yurtimizdagi nufuzli teatrlarda asarlar namoyish etilgan va ular xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Ana shu spektakllar qatorida turadigan, tomoshabinlarga manzur spektakl yaratish uchun undagi har bir jihatga alohida e’tibor qaratdik, tajribali rejissyorlar, adabiyotshunos va teatrshunoslar bilan maslahatlashdik. Har bir rol uchun aktyorlarni bir necha bosqichda saralab tanladik.

Spektakldagi rollarni teatrning mahoratli aktyorlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar B.Rahimov, S.Hakimov, shuningdek, F.Rasulov, U.Ro‘ziboyeva, X.Baratov, A.Toshtemirov singari iste’dodli yoshlar ijro etmoqda.

G‘olib Hasanov, O‘zA
666






Все о погоде - Pogoda.uz