O‘zA O`zbek

17.04.2019 Chop etish versiyasi

Sahnada qirq qizning jasorati

Sahnada qirq qizning jasorati

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijodiy loyihalaridan biri "Qirq qiz" musiqali spektaklining namoyishi bo‘lib o‘tdi. 

"Qirq qiz" qahramonlik eposi qoraqalpoq xalqining bebaho qadimiy ijod namunalaridan sanaladi. Asar tomoshabinni Vatanni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, uning taqdiri uchun daxldorlikni mudom his etishga chorlashi bilan ahamiyatlidir. 

Yangicha ijodiy yo‘nalishdagi mazkur spektakl iste’dodli video-rassom, rejissyor Saodat Ismoilova tomonidan sahnalashtirilgan. Asarning o‘ziga xosligi unda musiqa, adabiyot, kinematografiya, teatr san’ati uyg‘unlashib ketganida namoyon bo‘ladi. 

5.JPG

Spektakl davomida tomoshabin jo‘shqin, sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlarga, xandon kulgularga, qiziqarli voqealarga ro‘baro‘ kelmaydi. Bir qarashda g‘oyat mahzun, yakrang tuyulgan ushbu postanovka timsol va ramziy lavhalar orqali har bir insonni teran fikr yuritishga, umr mazmuni, Vatan qadriga yetishga, tinch va osoyishta kunlarimizni avaylashga undaydi. 

Mazkur sahna asari yurtimizning san’at muxlislari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari, xorijiy sayyohlar, xalqaro tashkilotlarning vakillariga g‘oyat manzur bo‘lganini ularning gulduros qarsak va olqishlaridan, spektaklni hech kim tark etmaganidan ham osongina payqash mumkin edi. 

10.JPG

22.JPG

30.JPG

32.JPG

37.JPG

894
N.Usmonova, Oqil Gʻulomov (surat), OʻzA