Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.11.2017 20:26 Chop etish versiyasi

Romitan tumani madaniyat va istirohat bog‘ida “Nuroniylar maskani” majmuasi foydalanishga topshirildi

Romitan tumani madaniyat va istirohat bog‘ida “Nuroniylar maskani” majmuasi foydalanishga topshirildi Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash borasida doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida viloyatda urush va mehnat fronti faxriylariga keng qulayliklar yaratilmoqda. Romitan tumanida barpo etilgan “Nuroniylar maskani” ham ana shu e’tibor namunasidir.

Boy kitob fondiga ega kutubxona, shaxmat-shashka, tibbiyot, dam olish xonalari, keksalar uchun mo‘ljallangan maxsus trenajyor zali va choyxonadan iborat mazkur majmua mebel va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan.

– Barcha qulayliklar yaratilgan bunday maskanni orzu qilardik, – deydi 78 yoshli otaxon Baxshulla Muhammedov. – Biz, keksalar bu yerda suhbat quramiz, dam olamiz, madaniy hordiq chiqaramiz. Turli madaniy tadbirlarga jamoatchilik vakillari, yoshlarni ham chorlaymiz. Tajribamizni ular bilan baham ko‘ramiz.

7 (1).jpg

“Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi ham shu yerda faoliyat ko‘rsatadi.

Shu kuni G‘ijduvon tumani madaniyat va istirohat bog‘ida ham “Nuroniylar maskani” majmuasi foydalanishga topshirildi.

Tadbirlarda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat), O‘zA
2 523






Все о погоде - Pogoda.uz