Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.10.2017 18:30 Chop etish versiyasi

«Rishta» nomli badiiy filmning premerasi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida «Rishta» nomli badiiy filmning premerasi bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekkino" milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov va boshqalar mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ustuvor vazifalari barcha sohalar qatorida o‘zbek milliy kinematografiyasi faoliyatini ham takomillashtirish, soha rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab etayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7-avgustdagi «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlar rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qarorda xalqimiz, avvalo, yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirishda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan kino san’atining rolini oshirish masalasi belgilab qo‘yilgan.

Kinorejissyor Mirmaqsud Oxunov tomonidan suratga olingan «Rishta» badiiy filmi ham ushbu ezgu maqsadga xizmat qiladi. Filmda Vatanga, ota-onaga hozirgi ba’zi bir yoshlarning munosabati, ularning muammo va yutuqlari, turmush tarzi, milliy qadriyatlarimiz rang-barang tasvirlarda ochib berilgan.

Kinolavhalar Toshkent shahri, Toshkent va Buxoro viloyatlarida suratga olingan. Bosh rollarni O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov, shuningdek, Nigina Anorboyeva, Adiz Rajabov, Jamshid G‘aniyev, Sharofat Hasanxo‘jayeva, Jahongir Xo‘jayev va Gulruh Zokirova ijro etgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
4 160






Все о погоде - Pogoda.uz