O‘zA O`zbek

26.03.2019 Chop etish versiyasi

“Revizor” anglatgan haqiqat

“Revizor” anglatgan haqiqat Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida Nikolay Gogolning mashhur “Revizor” sahna asari namoyish etildi.

Tomoshabin har qachongidan ham gavjumligidan shuni anglash mumkinki, “Revizor” spektaklining muxlislari koʻp. Bir asr oldin yozilgan asar hali hamon insonlarga sof va samimiy tuygʻular haqida soʻzlab, yomonlik, poraxoʻrlik mudom kulgu ostida qolishidan darak berib turadi.

Spektaklda bosh rollarni Oʻzbekiston xalq artistlari Muhammadali Abduqunduzov va Dilbar Ikromova, mahoratli aktyorlar Tolib Moʻminov hamda Laziz Orziyevlar ijro etdi.

Sahna asari uch soat davom etdi. Teatr tomoshalarini sogʻingan yurtdoshlarimiz Gogolning achchiq haqiqatlarini maroq bilan tomosha qilishdi.

Bepul sahna asarlari namoyishi ertaga yakunlanadi. Ammo teatrlarda tomoshalar, yangidan-yangi sahna asarlari namoyishi davom etaveradi. Teatr ibratxona ekan, undan ibrat olishga vaqt va imkon topaylik.

4 456
Dilobar Asliddin qizi, OʻzA