Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2017 17:35 Chop etish versiyasi

«Ranglarda tiriklik quvvati» deya nomlangan ko‘rgazmada ellikka yaqin asar namoyish etilmoqda

«Ranglarda tiriklik quvvati» deya nomlangan ko‘rgazmada ellikka yaqin asar namoyish etilmoqda «Bahor», «Mening fikrim», «O‘rda», «So‘qoqda kuz». Oddiy mo‘yqalam yordamida yaratilgan ushbu tasviriy san’at asarlarida tabiat hodisalari, yurtimiz manzaralari, inson ichki olamining eng inja tuyg‘ulari mahorat bilan tasvirlangan.

Sardor Nugmanovning poytaxtimizda namoyish etilayotgan «Ranglarda tiriklik quvvati» deya nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasida ijodkorning ellikka yaqin ana shunday yuksak badiiy did va saviya bilan yaratilgan asarlari namoyish etilmoqda.

8 (1).JPG

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvdagi ma’ruzasi hamda sohani rivojlantirish, soha xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida qabul qilingan muhim hujjatlar ijod ahlini, xususan, biz, rassomlarni ruhlantirib, yangi va sermazmun asarlar yaratishga undayotir, – deydi Sardor Nugmanov. – Ijod – bu ko‘ngil ishi. Unda nafaqat muallifning, balki tomoshabinning ham tuyg‘ulari, qarashlari aks etadi. Ana shu hissiyotlar uchrashgan, uyg‘unlikka erishgan manzil tomoshabin qalbidir...

Sardor Nugmanov 2005-yil ilk bor shaxsiy ko‘rgazmasini o‘tkazgan. U yosh bo‘lishiga qaramay ko‘pgina xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya singari davlatlarda ko‘rgazmalari muvaffaqiyatli tashkil etilgan.

Mohigul Qosimova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
903






Все о погоде - Pogoda.uz