O‘zA O`zbek

27.10.2019 Chop etish versiyasi

“Quvvat” multfilmi kino saroyda namoyish etilmoqda

“Quvvat” multfilmi kino saroyda namoyish etilmoqda

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida kichkintoylar uchun moʻljallangan “Quvvat“ multseriali namoyish etilmoqda.

“Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan aksiya doirasida namoyish etilayotgan ushbu serialni bolajonlar va ularning ota-onalari bemalol borib tomosha qilishi mumkin.

Kichik Tohir, singlisi Zuhra va ularning doʻsti “Quvvat” ismli robot haqidagi multfilm oʻzbek tomoshabinlariga juda yoqib qoldi. Serialda bolalarning qiziqarli sarguzashtlari orqali hayotimizdagi juda muhim va dolzarb mavzular toʻgʻrisida hikoya qilinadi. Masalan, nima uchun va qanday qilib suv, elektr quvvatini tejash kerak? Qahramonlar oʻrtasida muloqotlarda aynan shu manbalar haqida javob olish mumkin.

Taʼkidlash kerakki, serial Energetika vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan yaratilmoqda.

Multserial 29-oktyabrgacha namoyish etiladi.

881
OʻzA