O‘zA O`zbek

27.10.2019 Chop etish versiyasi

Qoyilman zamonning falsafasiga...

Qoyilman zamonning falsafasiga...

MISRALARDA HIKMATLAR

Qoyilman zamonning falsafasiga,

Qulogʻimdan choʻzib bergan darsiga.

Uchradim kimsaga yaxshilik qilib,

“Ortimdan non yeding”, degan arziga.

* **

Koʻp soʻzlar ogʻizning mantigʻi sayoz,

Har tilda boʻlgaydir ham ogʻu asal.

Besabab yigʻlatar archilsa piyoz,

Bemaʼni gapdon ham qiladi kasal.

* **

Kimgadir koʻrinar xulqi bechora,

Soʻz demay xoʻmraysa, kulging kelarkan.

Ayol boʻlsa ekan, mayli nachora?

Erkak arazlasa, xunuk boʻlarkan.

* **

“Daryoni teskari oqizgan bobom,

Dedi u: Bu amal inoyat boʻlgan”.

Orolni quritgan balki shu bobong,

Inoyat emas, bu — jinoyat boʻlgan.

Abdulaziz RUSTAM oʻgʻli


979
O'zA