Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.08.2017 18:03 Chop etish versiyasi

Qoraqalpog‘iston xalq rassomi Sarsenboy Boybo‘sinov ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

I.Savitskiy nomidagi qoraqalpoq davlat san’at muzeyida Qoraqalpog‘iston xalq rassomi Sarsenboy Boybo‘sinov ijodiga bag‘ishlangan “Umr so‘qmoqlari” nomli shaxsiy ko‘rgazma ochildi.

Mavzu xilma-xilligi, tasvir rang-barangligi va teran falsafiy mushohada musavvir ijodining asosiy yo‘nalishi bo‘lib, tasvir aniqligini ta’minlash barobarida, asarni chuqur mazmun bilan boyitadi.

– Bu musavvirning ijodi o‘ziga xos bir maktab, – deydi muzey xodimi Dilfuza Xudoybergenova. – Uning realizm yo‘nalishida yaratgan ko‘plab kartinalarida ranglar uyg‘unligi, vaqealar tafsiloti, xarakterlar yorqinligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, natyurmort, peyzaj, portret janrlaridagi asarlari maftunkorligi, serjilo ko‘rinishi bilan kishi ruhiyatiga ijobiy ta’sir etadi.

Musavvirning ko‘rgazmadan o‘rin olgan applikatsiya usulida yaratgan asarlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Tabiiy materiallar – tosh, qum, suyak, baliq tangachalarining ranglar bilan uyg‘unligi asosida tasvirlangan voqealar san’atshunos mutaxassislar va tomoshabinlar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
1 758






Все о погоде - Pogoda.uz