O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Qoʻqonda ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi

Qoʻqonda ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi

Qoʻqon shahrida 10–15-sentyabr kunlari Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkazilishi munosabati bilan baʼzi koʻchalarda barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi.

Bu haqida Fargʻona viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirlar davomida jamoat tartibi va harakat xavfsizligini taʼminlash, tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda avtotransport vositalari qatnovini tartibga solish maqsadida mazkur choralar koʻrilmoqda.

Turkiston koʻchasi: Poʻstindoʻz-Bogʻiston koʻchalari kesishmasidan Hamza koʻchasi kesishmasiga qadar;

Sarboz koʻchasi: Guzar koʻchasi kesishmasidan “Oʻrda tagi“ koʻchasi kesishmasiga qadar;

Zarrinsaroy koʻchasi: “Oʻrda tagi“ koʻchasi kesishmasidan Parpashabof koʻchasi kesishmasiga qadar;

Charxiy koʻchasi: Parpashabof koʻchasi kesishmasidan Poʻstindoʻz koʻchasi kesishmasiga qadar;

Mazkur koʻchalarda harakat cheklanishi munosabati bilan avtotransport vositalarining vaqtincha toʻxtash joylari tashkil etiladi.

Tadbirlar davomida shahar koʻchalarida tirbandliklarni oldini olish maqsadida shahar hududi va tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda vaqtincha yuk avtomobillari harakati taqiqlanadi.

5 122
M. SULAYMONOV, OʻzA