O‘zA O`zbek

15.09.2019 Chop etish versiyasi

“Qoʻqon shamoli” ekranda

“Qoʻqon shamoli” ekranda

Birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida “Oʻzbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Qoʻqon shamoli” (“Aybsiz aybdor”) badiiy filmining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Mazkur tarixiy film “Dilshoh media” kinostudiyasi rahbari, prodyuser Mahmud Erkaboyev va rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan. Unda Qoʻqon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy muhiti, oʻsha davr chigalliklari, Qoʻqon adabiy muhiti va Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan Amir Umarxon hamda uning ayoli Nodiraning hayoti yoritiladi.

Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida boʻlib oʻtgan taqdimotda mazkur film nufuzli anjumanga munosib tuhfa boʻlganligi alohida taʼkidlandi.

5 520
M. SULAYMONOV, OʻzA