O‘zA O`zbek

27.02.2020 Chop etish versiyasi

“Qizning qirq birinchi hunari” — Nukusda rassom va dizayner Alvina Shpadining ijodiga bagʻishlangan koʻrgazma oʻtkazildi

“Qizning qirq birinchi hunari” — Nukusda rassom va dizayner Alvina Shpadining ijodiga bagʻishlangan koʻrgazma oʻtkazildi

Nukus shahrida I. V. Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyida rassom va dizayner Alvina Shpadining ijodiga bagʻishlangan “Qizning qirq birinchi hunari” deb nomlangan koʻrgazma tashkil qilindi.

Rassom sifatida Alvina Shpadi asarlarida qoraqalpoq xalqining yashash tarzi va milliy anʼanalarini oʻziga xos rakurs va boʻyoqlar jilvasida mahorat bilan aks ettirgan. Koʻrgazmada ana shunday bebaho asarlar qatorida u chizgan eskizlar boʻyicha toʻqilgan gilam va kashtachilik buyumlari ham oʻrin oldi.

photo5386411476706766083.jpg

Ayniqsa, ijodkor tomonidan yaratilgan “Hayot daraxti” nomli soʻzanasi hech kimni befarq qoldirmaydi. Butun borliq, inson, tabiat, oʻsimliklar, hayvonot olamining bir-biriga uzviy bogʻliqligiga ishora qiluvchi ajoyib manzara katta oʻlchamdagi gazlamaga mohirona muhrlangan.

Alvina Shpadi tavalludining 85 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazma fidoiy ijodkor hayot yoʻlini keng jamoatchilikka, xususan, yoshlarga yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.

2 899
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA