O‘zA O`zbek

03.06.2018 08:01 Chop etish versiyasi

Orolning aybi ne edi?

Orolning aybi ne edi?
Orolning aybi ne, ayt bashar,
Ayt, suvga tupurgan kim edi...


Boboqand Mirzo,
Navoiy viloyati


02.jpg

Kammidi peshonam sho‘rligi,
Sen kabi qaqradi lablarim.
Ayt, Orol ko‘zlaring ko‘rmidi?!
Ko‘p og‘ir botmasin gaplarim.

Istasang shimib ol ashkimni,
Giryonsan, giryonman, giryonmiz.
Tabiat, keltirma rashkimni,
Axir, biz bir tanu bir jonmiz.

Men senga havodek kerakman,
Sen mungli navodek taralding.
Men mayus qurigan terakman,
Ko‘zimning yoshidan yaralding.

O‘ylasam, sochimga qor tushar,
Orolning kiprigi oqardi.
Ertaga bo‘ynimga dor tushar,
Kim yig‘lab, kim kulib boqardi.

Ezilib ketyapman xas bo‘lib,
Shoshma ko‘p kafanim bichgani.
Keldim men yoningga mast bo‘lib,
Bir qultum suvingdan ichgani.

Orolning aybi ne, ayt bashar,
Ayt, suvga tupurgan kim edi.
Murdalar gapirar: ko‘p yashar...
Tiriklar jim edi, jim edi.

2 858