O‘zA O`zbek

19.04.2019 Chop etish versiyasi

“Oltin qalam” hakamlar hayʼatining yigʻilishi oʻtkazildi

“Oltin qalam” hakamlar hayʼatining yigʻilishi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasida XIV “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovining hakamlar hayʼati aʼzolarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

“Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovining 3 may —Jahon matbuot erkinligi kunida oʻtkazilishi mamlakatimizda matbuot va soʻz erkinligini taʼminlash, ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada demokratlashtirish va jurnalistlarning ijodiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlarning amaliy ifodasidir. 

Yigʻilishda hayʼat aʼzolari Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti va “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga taqdim etilgan materiallarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomlarga binoan tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarning ijtimoiy ahamiyati, jurnalistning fuqarolik pozitsiyasi, tanqidiy – tahliliy mushohada, soʻzga masʼuliyat va ifoda mahorati kabi mezonlar asosida xolis va haqqoniy baholashlari, vijdonan yondashishlari zarurligi aytildi.

Hakamlar hayʼti aʼzolari ommaviy axborot vositalari tavsiyalariga koʻra tajribali jurnalistlar orasidan tashkiliy qoʻmita tomonidan tanlab olindi.

Qayd etish joizki, bu yil oʻn toʻrtinchi marotaba oʻtkazilayotgan tanlovga 514 nafar ishtirokchidan 6700 dan ziyod materiallar kelib tushgan. 

1 194
OʻzA